13:20 / 06.06.2023
568

Rossiya birinchi marta Ukrainada Leopard tanklari yo‘q qilinganini bildirdi

Rossiya birinchi marta Ukrainada Leopard tanklari yo‘q qilinganini bildirdi
Rossiya Mudofaa vazirligi rossiyalik harbiylar G‘arb davlatlari Ukrainaga olib kelgan sakkizta Leopard tankini yo‘q qilganini bildirmoqda. Bu haqda Mudofaa vazirligining 5 iyun yakunlari bo‘yicha Janubiy Donetsk yo‘nalishidagi vaziyat haqidagi bayonotida aytiladi. 
Leopard / Foto: Getty Images
Xabarda aytilishicha, Ukraina Qurolli kuchlari Janubiy Donetsk yo‘nalishida, ya’ni Ukrainaning Donetsk va Zaporijjya viloyatlari ma’muriy chegarasida oldinga siljishda davom etgan. «Ukraina Qurolli kuchlarining hujumkor bo‘linmalari va harbiy qismlari katta zarar ko‘rdi», dedi Mudofaa vazirligi matbuot kotibi Igor Konashenkov.
 
Uning so‘zlariga ko‘ra, Ukraina tomonining bu yo‘nalishdagi umumiy yo‘qotishlari bir yarim mingdan ortiq odamni, 28 ta tankni, jumladan, sakkizta Leopard nemis va uchta AMX-10 fransuz tanki, shuningdek, 109 ta zirhli jangovar texnikani tashkil qilgan. Ushbu bayonotning haqiqiyligini tekshirishning iloji yo‘q. Lekin Rossiya Mudofaa vazirligi tomonidan e’lon qilingan quyidagi video orqali tanklar va zirhli texnikalarga berilgan zarbalarni ko‘rish mumkin.
Rossiya Mudofaa vazirligi 4 iyun kuni Ukraina armiyasi Janubiy Donetsk yo‘nalishida keng ko‘lamli hujumni boshlaganini, biroq Rossiya Qurolli kuchlari hujumlarni qaytarganini bildirmoqda.
Rossiya va Ukraina urushi

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Rossiya birinchi marta Ukrainada Leopard tanklari yo‘q qilinganini bildirdi
ePN