Turkiyada avtobusni poezd urib ketishi tufayli 7 kishi halok bo‘ldi

Turkiyada avtobusni poezd urib ketishi tufayli 7 kishi halok bo‘ldi
Turkiyada avtobusni poezd urib ketishi tufayli 7 kishi halok bo‘ldi

Turkiyada kamida 7 kishi avtobus va poezd ishtirokidagi to‘qnashuv qurboniga aylangan. Bu haqda Cumhuriyet xabar tarqatgan.

Bu voqea Elyoziq viloyati hududida, mahalliy vaqt bilan soat 09:15da ro‘y bergan. Bu vaziyatda Tatvan shahridan Anqaraga ketayotgan poezd o‘z yo‘lida turib qolgan avtobusni urib ketgan.

Yo‘l-transport hodisasi oqibatida 7 kishi voqea joyida halok bo‘lgan, 1 kishi og‘ir jarohatlar bilan shifoxonaga yotqizilgan.

Turkiya temir yo‘l boshqarmasi ma’lumotiga ko‘ra, qurbonlar orasida suriyalik qochqinlar ham bo‘lgan.
Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Zamin AI bilan muhokama qilingYangilikni tahlil qiling, foydali maslahatlar oling

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar