20:05 / 07.06.2023
536

Nikolay Patrushev Ukrainadagi rejimni o‘zgartirishga chaqirdi

Nikolay Patrushev Ukrainadagi rejimni o‘zgartirishga chaqirdi

Rossiya Xavfsizlik kengashi kotibi Nikolay Patrushev Ukrainadagi amaldagi siyosiy rejimni o‘zgartirib, mamlakatga neytral maqom berishga chaqirdi, deb yozadi “RIA Novosti”.

Vashington va London Kiyev fashistlari rejimini yaratdilar, bu rejim almashtirilishi kerak, Ukrainaga amalda neytral davlat maqomini berish zarur”, — dedi Patrushev.

U Ukrainani G‘arb qo‘lidagi qurol deb atadi hamda urush Rossiya va Ukraina xalqlari o‘rtasida kechmayotganini qo‘shimcha qildi. “Faqat AQSHning ochiq agressiyasi bor. Shu bilan birga, mamlakatimiz o‘z xalqi va hududlarini himoya qilmoqda”, — deya xulosa qildi Rossiya Xavfsizlik kengashi kotibi.

Avvalroq tan olinmagan Donetsk xalq respublikasi rahbari vazifasini bajaruvchi Denis Pushilin AQSHni "urush jinoyatlari, shu jumladan Ukraina qurolli tuzilmalari tomonidan sodir etilgan jinoyatlarning bevosita sheriklari" deb atagandi.


arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Nikolay Patrushev Ukrainadagi rejimni o‘zgartirishga chaqirdi
ePN