22:53 / 07.06.2023
493

Shimoliy Koreyada o‘z joniga qasd qiluvchilar soni ko‘paymoqda

Shimoliy Koreyada o‘z joniga qasd qiluvchilar soni ko‘paymoqda
Shimoliy Koreya yetakchisi Kim Chen In mahalliy hokimiyat organlariga o‘z hududlarida o‘z joniga qasd qilish holatlarining oldini olishni talab qiluvchi maxfiy buyruq berdi. Bu haqda Radio Free Asia o‘z manbalariga tayanib xabar bermoqda.
 
Ma’lumotlarga ko‘ra, buyruqda o‘z joniga qasd qilish “sotsializmga va vatanga xiyonat qilish harakati” deb atalgan. Kim Chen In viloyat, shahar va tuman darajasidagi partiya qo‘mitalariga yuborilgan buyruqda mahalliy hokimiyatdan o‘z joniga qasd qilish holatlarining oldini olish choralarini ko‘rishni talab qildi. Shuningdek, bunday holatlar uchun mahalliy hokimiyat organlari javobgar bo‘lishi qayd etilgan.
 
May oyi oxirida Janubiy Koreya Milliy razvedka boshqarmasi Shimoliy Koreyada o‘z joniga qasd qilishlar soni o‘tgan yilga nisbatan 40 foizga oshgani haqida xabar bergan edi. Boshqarmaning ma’lumotlariga ko‘ra, bu “Shimoliy Koreyada aholining og‘ir ahvoli tufayli ko‘p sonli ichki tashvishlar” bilan bog‘liq.
 
Birgina Chxongjin shahri va uning atrofidagi tumanlarda 35 ta o‘z joniga qasd qilish holatlari qayd etilgan va ko‘pincha butun oilalar o‘z joniga qasd qilmoqda.
 
O‘z joniga qasd qilishlarning aksariyati o‘ta qashshoqlik va ochlik tufayli sodir bo‘lmoqda, shuning uchun ham hozircha hech kim buning oldini olish uchun biror taklif berishga qodir emas”, — deyiladi manbada.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Shimoliy Koreyada o‘z joniga qasd qiluvchilar soni ko‘paymoqda
ePN