06:00 / 08.06.2023
650

Qozog‘istonda anomal issiqlik tufayli aholi yomg‘ir chaqirish marosimi o‘tkazdi (video)

Qozog‘istonda anomal issiqlik tufayli aholi yomg‘ir chaqirish marosimi o‘tkazdi (video)
Foto: Videodan kadr
Qozog‘istonning Pavlodar viloyatida aholi yomg‘ir so‘rash uchun ommaviy marosimga yig‘ildi. Bu haqda KTK nashri xabar berdi.
 
Ma’lum qilinishicha, bir haftadan beri havo harorati 36 darajani ko‘rsatmoqda, bu me’yordan 11 darajaga yuqori. Jamoa namoziga viloyatning barcha hududlaridan imomlar kelgan. Ularga 500 dan ortiq dindorlar qo‘shilgan.
 
An’anaga ko‘ra, namoz o‘qish bilan birga qurbonlik ham qilamiz. Bu amallar, ta’bir joiz bo‘lsa, savobli ishlardir. Pavlodar viloyatida ko‘plab ovullar, aholi punktlarida shunday tadbir o‘tkazildi. Avval qurbonlik, so‘ngra namoz. Juda qiyin yil. Bugun hammani masjidga namoz o‘qishga va Allohdan yomg‘ir so‘rashga taklif qildik”, — deydi Pavlodar viloyati bosh imom-xatibi Joldas hoji Kospaquli.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Qozog‘istonda anomal issiqlik tufayli aholi yomg‘ir chaqirish marosimi o‘tkazdi (video)
ePN