21:02 / 09.06.2023
1 727

AQSH generali ko‘p qutbli dunyoda uchta eng qudratli davlat nomini aytdi

AQSH generali ko‘p qutbli dunyoda uchta eng qudratli davlat nomini aytdi
Rivojlanayotgan ko‘p qutbli dunyoda AQSH, Rossiya va Xitoy qudratli davlatlar sifatida namoyon bo‘lmoqda, dedi AQSH Qurolli kuchlari shtab boshliqlari birlashgan qo‘mitasi raisi, general Mark Milli Milliy mudofaa universiteti bitiruvchilariga diplom topshirish marosimida.
 
"Sovuq urush davrida ikkita qudratli davlat bor edi. Berlin devori qulagandan keyin, AQSH yagona qudratli davlat bo‘lib qolgan davr <...> bo‘ldi. Bugungi kunda biz kamida uchta qudratli davlatlar mavjud bo‘lgan ko‘p qutbli dunyoda ekanligimiz ayon bo‘lmoqda – AQSH, Rossiya va Xitoy", - dedi general.
Bundan tashqari, Millining ta’kidlashicha, boshqa ko‘plab davlatlar ham mintaqada yetakchi o‘rinlarni egallab, jahon yetakchiligi ambitsiyalari haqida ochiq gapira boshlamoqda.
 
General, shuningdek, Xitoy “ham AQSHga, ham uning qo‘shnilariga qarshi turishga” intilayotganiga amin. Pekin yaqin o‘n yil ichida Osiyo mintaqasida mintaqaviy gegemonga aylanish, shuningdek, joriy asrning o‘rtalariga kelib AQSHdan ham o‘tib ketadigan harbiy qudratga ega bo‘lish niyatida.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » AQSH generali ko‘p qutbli dunyoda uchta eng qudratli davlat nomini aytdi
ePN