07:30 / 10.06.2023
1 587

Tungi hujum: Ukraina katta yo‘qotishlar bilan chekindi (video)

Tungi hujum: Ukraina katta yo‘qotishlar bilan chekindi (video)
O‘tgan tunda Ukraina Qurolli kuchlari navbatdagi hujumni amalga oshirishga urindi, lekin katta yo‘qotishlar bilan chekinishga majbur bo‘ldi. Bu haqda Rossiya Federatsiyasi mudofaa vaziri armiya generali Sergey Shoygu bayonot berdi:
Zaporoje yo‘nalishida kecha soat 1:30 da dushman 1500 shaxsiy tarkib va 150 zirhli texnikadan iborat 47-mexanizatsiyalashgan brigada qo‘shinlari bilan mudofaamizni yorib o‘tishga urindi.
Dushman harakatlari razvedka kuchlari tomonidan o‘z vaqtida aniqlanib, ularga artilleriya, aviatsiya va tankga qarshi qurollardan zarba berildi.
Ikki soat davom etgan jang natijasida dushman 30 ta tank, 11 ta piyoda jangovar texnikasi, 350 tagacha askar yo‘qotdi. Yo‘q qilingan tanklar orasida Germaniyaning 3 ta "Leopard"lari ham bor.
Dshmanning ushbu hujum uchun maxsus tayyorlangan zaxira kuchlari o‘z vazifalarini bajara olmadi, va ular chekinishga majbur bo‘lishdi.
 
Rossiya Federatsiyasi Qurolli kuchlarining Zaporoje yo‘nalishdagi qo‘mondoni, general-polkovnik Aleksandr Romanchuk aytishiga ko‘ra, dushmaning ilk yo‘qotishlari mina maydonlarida sodir bo‘lgan.
Eslatib o‘tamiz, kecha 7 iyun kuni sodir bo‘lgan jangovar harakatlarda Ukraina Qruolli kuchlari 945 nafar askar, 33 ta tank, 28 ta BMP, 38 ta zirhli jangovar mashina, 3 ta Polshada ishlab chiqilgan "Krab" o‘ziyurar artilleriya majmuasi va boshqa qurol-yarog‘larini yo‘qotgan edi.
Rossiya va Ukraina urushi

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Tungi hujum: Ukraina katta yo‘qotishlar bilan chekindi (video)
ePN