11:39 / 11.06.2023
310

Musulmon siyosatchi AQSH hukumatida yuqori lavozimga saylandi

Musulmon siyosatchi AQSH hukumatida yuqori lavozimga saylandi
Kelib chiqishi pokistonlik bo‘lgan Dilovar Sayyid Senat tomonidan Kichik biznes administratsiyasi vitse-prezidenti lavozimiga tasdiqlandi. Shu tariqa u Vashington hukumatidagi eng yuqori martabali musulmonga aylandi.
 
AQSH Davlat departamentining Savdo aloqalari bo‘yicha maxsus vakili Dilovar Sayyid ushbu lavozimga senatorlarning 54 ovozi bilan ma’qullandi.
 
Merilend shtatidan demokrat senator, Senatning Kichik biznes va tadbirkorlik qo‘mitasi raisi Ben Kardin ovoz berishdan oldin qilgan bayonotida ushbu lavozim AQSHning ikki prezidenti davrida jami 5 yil davomida bo‘sh turganini ta’kidlar ekan, “Buni hal etish vaqti keldi”, dedi.
 
Sayyid AQSH prezidenti Jo Bayden tomonidan 2021 yil mart oyida mazkur lavozimga nomzod qilib ko‘rsatilgan, biroq Senatdagi respublikachilar tomonidan Kichik biznes administratsiyasining abort qilish bilan shug‘ullanuvchi korxonalarni moliyaviy qo‘llab-quvvatlashi va boshqa sabablarni ro‘kach qilib, musulmon kishi nomzodini ovozga qo‘yilishiga bir necha bor to‘sqinlik qilishgan edi.
 
Bu vaqt ichida demokratlar respublikachilarning musulmonlarga qarshi kayfiyatiga ommaning e’tiborini tortdi hamda musulmon va yahudiy nodavlat tashkilotlarining o‘z e’tirozlarini bayon etishlari uchun zamin yaratdi.
 
Prezident Jo Bayden shu yil boshida Sayyid nomzodini Senatda qaytadan ovozga qo‘ygandi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Musulmon siyosatchi AQSH hukumatida yuqori lavozimga saylandi
ePN