15:31 / 11.06.2023
409

Urush ularni Islomga yetakladi: ukrainalik oila musulmon bo‘ldi

Urush ularni Islomga yetakladi: ukrainalik oila musulmon bo‘ldi
Turkiyaning Qoradengiz mintaqasida joylashgan Karabuk shahrida yashovchi Lyubov Maksimenko va uning qizi Alena Alekseyenko Islomni qabul qilishdi. Ukrainadagi urush ona-bolaning bu yerlarga kelib qolishiga sabab bo‘lgandi. Har ishda bir xayr bor, degan naql yana o‘z isbotini topdi.
 
Urushdan qochib, tinch boshpana axtarib kelgan bu oila endi tom ma’noda omonlik ostonasidan ichkari hatladi, haqiqiy najot kemasiga mindi.
 
Hidoyatga erishgan bu ona va qizga Viloyat muftiysi Erjan Aksu tomonidan  Islom dinining asosiy tamoyillari haqida ma’lumot berildi. So‘ngra ular yig‘ilganlar guvohligida shahodat kalimalarini aytishdi.
 
Ona o‘ziga Sofiya, qizi Malak ismlarini tanlashdi, shundan so‘ng ularga musulmon bo‘lgani haqida hujjat va turli diniy mazmundagi kitoblar, jumladan, Qur’oni karim ma’nolarining ukraincha tarjimasi taqdim etildi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Urush ularni Islomga yetakladi: ukrainalik oila musulmon bo‘ldi
ePN