18:25 / 11.06.2023
375

Ukrain harbiylari qarshi hujum doirasida hududlarni ozod qilishni boshladi

Ukrain harbiylari qarshi hujum doirasida hududlarni ozod qilishni boshladi

Foto: Videodan kadr
Rus telegram-kanallari «DXR» bo‘linmalari qurshovga tushib qolmaslik uchun chekinayotgani haqida xabar berdi.

Oleksi Dovbush nomidagi 68-alohida yeger brigadasi Ukraina qurolli kuchlarining boshqa bo‘linmalari bilan birgalikda Donetsk oblastining Blahodatne va Neskuchne qishloqlarini ozod etgan.

Brigada matbuot xizmati ukrain harbiylari yarim vayronaga aylangan qandaydir binoga kirgani va unga Ukraina bayrog‘ini o‘rnatgani aks etgan videoni tarqatdi.

Rossiya harbiy blogerlari shuningdek, ayni vaqtda ukrain armiyasi janubga siljishda davom etib, Rossiya mudofaasi qanotlariga zarba berayotganini xabar qilishgan.

Blahodatne ozod etilgani haqida Ukraina qurolli kuchlari quruqlik qo‘shinlari matbuot xizmati ham xabar bergan.

Rossiya rasmiylari ukrain harbiylarining bayonoti yuzasidan hozircha munosabat bildirmadi.

RF mudofaa vazirligiga aloqador «Rybar» telegram-kanali Ukraina qurolli kuchlari Blahodatne va yana bir aholi yashash manzili — Neskuchne qishlog‘ini «amalda jangsiz» egallagani haqida yozgan. Kanal ma’lumotiga ko‘ra, «DXR»dan bo‘lgan bo‘linmalar Ukraina qurolli kuchlari qurshoviga tushib qolmaslik uchun chekingan. Neskuchne qishlog‘i ukrain harbiylari nazoratiga o‘tgani to‘g‘risidagi ma’lumotni Zaporijjya oblastining Rossiya tomonidan anneksiya qilingan qismi ma’muriyati vakili Vladimir Rogov ham tasdiqlagan.

Ukraina qurolli kuchlari qarshi hujum davomida Zaporijjya oblastidagi Lobkove va Levadne qishloqlarini ham ozod etgani to‘g‘risida xabarlar paydo bo‘lgan.

Rossiya va Ukraina urushi

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Ukrain harbiylari qarshi hujum doirasida hududlarni ozod qilishni boshladi
ePN