22:50 / 11.06.2023
587

“33 yildan beri o‘g‘irlik qilyapsiz”: Sadir Japarov poraxo‘r amaldorlarga so‘nggi ogohlantirish berdi

“33 yildan beri o‘g‘irlik qilyapsiz”: Sadir Japarov poraxo‘r amaldorlarga so‘nggi ogohlantirish berdi
Foto: Vesti.kg
Qirg‘iziston prezidenti Sadir Japarov poraxo‘r amaldorlarga “so‘nggi ogohlantirish” berdi. Bu haqda Sputnik xabar berdi.
Japarov Issiqko‘l viloyatining Tamchi qishlog‘ida bekatlar qurilishi bilan bog‘liq mojaro haqida gapirdi.
 
Ikki oy oldin Tamchi aeroportiga qo‘ndik va Cho‘lpon-Ota tomon yo‘l oldik. Hojatxonaga o‘xshagan bekat ko‘zimga tushdi. Bosh prokurorga qo‘ng‘iroq qilib: Kim, qancha pul bilan bekat o‘rnatganini tekshirib ko‘ring, dedim. Tekshirib, 840 ming som sarflangani, pul 'Qumtor'dan ajratilganini aytdi”, — dedi Japarov.
 
Sadir Japarov holat yuzasidan jinoyatchilar qo‘lga olinganini aytdi.
 
Ular o‘g‘irlaganidan ikki baravar ko‘p qaytarishadi. 351 ming somga bekat qurdik. Farqni qarangki: hamma narsa oyna bilan o‘ralgan, kechasi porlaydi, yaxshi ko‘rinadi, 15-20 yil xizmat qiladi”, — degan prezident.
 
Shuningdek, u poraxo‘r amaldorlarga murojaat qilgan.
 
33 yildan beri o‘g‘irlik qilyapsiz. Shuning uchun ham yurtimiz olg‘a siljimadi, rivojlanmadi. Hammangizni avval ham ogohlantirganman, yana ogohlantiraman. Bundan buyon o‘g‘irlangan pulni ikki baravar emas, 5-10 baravar qaytarasiz, xatto qamoqdan ham chiqolmaysiz, bu mening so‘nggi ogohlantirishim”, — dedi u.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » “33 yildan beri o‘g‘irlik qilyapsiz”: Sadir Japarov poraxo‘r amaldorlarga so‘nggi ogohlantirish berdi
ePN