19:17 / 12.06.2023
296

Rossiyada o‘zbekistonlik narkosavdogar qo‘lga olindi

Rossiyada o‘zbekistonlik narkosavdogar qo‘lga olindi
Illustrativ foto: Sputnik
Rossiyaning Leningrad viloyatida giyohvand moddalar sotuvchi o‘zbekistonlik erkak qo‘lga olindi. Bu haqda 78.ru xabar berdi. 
 
Tosnenskiy tumanida yashash uchun ruxsatnomaga ega bo‘lgan O‘zbekiston fuqarosi Citroen rusumli avtomashinada qo‘lga olingan. Erkakdan deyarli 4 kilogramm alfa-PVP sintetik psixostimulyator, ya’ni “tuz” nomi bilan ham tanilgan giyohvand modda topilib, musodara qilingan.
 
O‘zbekiston fuqarosiga nisbatan giyohvand moddalarni saqlash va sotishga tayyorlaganlik bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Hozirda migrant izolatorga joylashtirilgan.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Rossiyada o‘zbekistonlik narkosavdogar qo‘lga olindi
ePN