10:42 / 13.06.2023
720

Makron Ukrainaning qarshi hujumi qancha vaqt davom etishini taxmin qildi

Makron Ukrainaning qarshi hujumi qancha vaqt davom etishini taxmin qildi
Foto: Reuters
Ukrainaning hujumi haftalab yoki oylab davom etadi, dedi Fransiya prezidenti Emmanuel Makron polshalik hamkasbi Anjey Duda va Germaniya kansleri Olaf Shols bilan 12 iyun kungi qo‘shma matbuot anjumanida. Bu haqda Barrons nashri yozmoqda.
“Biz buning imkon qadar muvaffaqiyatli kechishini istaymiz, shundagina muzokaralar bosqichini ma’qul shartlar bilan boshlashimiz mumkin”, — deya qo‘shimcha qildi Makron.
 
Shu kuni AQSH Davlat kotibi Entoni Blinken ham Ukraina hujumi haqida fikr bildirdi.
 
“Hujumning borishi Ukraina jang maydonida muvaffaqiyat qozonishi uchun hozir uni qo‘llab-quvvatlashimizni maksimal darajada oshirish zarurligini ko‘rsatdi”, — dedi u.
 
Rossiya Mudofaa vazirligi va OAV Ukraina armiyasi o‘tgan hafta yirik hujumlarga o‘tganini xabar qilgandi. Kiyev bu haqda rasman e’lon qilgani yo‘q. Bloomberg Ukraina Qurolli kuchlari og‘ir talafotlar ko‘rayotgani haqida yozdi. Agentlik suhbatdoshining aytishicha, Kiyev o‘z harakatlari bilan Rossiya mudofaasining zaif tomonlarini topishga urinmoqda. Telekanal manbasi hozircha Ukraina Qurolli kuchlarining harakatlarini “jangovarda razvedka” deb atash to‘g‘riroq bo‘lishini ta’kidladi.
Rossiya va Ukraina urushi

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Makron Ukrainaning qarshi hujumi qancha vaqt davom etishini taxmin qildi
ePN