20:12 / 13.06.2023
469

“Qumtor” oltin koni sobiq boshqaruvchisining o‘g‘li hibsga olindi

“Qumtor” oltin koni sobiq boshqaruvchisining o‘g‘li hibsga olindi
Foto: “Kaktus.media”
Qirg‘izistonda “Qumtor” konining sobiq rahbari Tengiz Bolturukning o‘g‘li Almaz qo‘lga olindi. Bu haqda Qirg‘iziston huquq-tartibot idoralari matbuot xizmatiga tayanib, “Eeconomist.kg” xabar berdi.
 
Avvalroq 10 iyun kuni Alamudun tumani IIB xodimlari mulkni o‘zlashtirishda gumon qilinib, 1988 yilda tug‘ilgan Tengiz o‘g‘li Almazni qo‘lga olgan edi.
 
U konda nazoratchi bo‘lib ishlab yurgan paytlari, korxonadan 274 325 som (3 128 AQSH dollari) mahsulot qabul qilib, pullarni kassaga qo‘ymay, uni o‘zlashtirib yuborgan.
 
Shundan so‘ng u uzoq vaqt yashirinib yurgan va rahbariyatning telefon qo‘ng‘iroqlariga javob bermagan.
 
Mazkur holat yuzasidan politsiya xodimlari Qirg‘iziston Jinoyat kodeksining “Ishonchga topshirilgan mulkni o‘zlashtirish yoki sarflash” moddasi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atgan. Militsiya xodimlari uning turgan joyini aniqlab, qo‘lga olib, vaqtincha saqlash izolatoriga joylashtirgan.
 
Korotovskix Yevgeniy, Qirg‘iziston

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » “Qumtor” oltin koni sobiq boshqaruvchisining o‘g‘li hibsga olindi
ePN