
Foto: RIA Novosti
Belarus prezidenti Aleksandr Lukashenko «Rossiya 1» telekanaliga bergan intervyusida g‘arb Moskvani imkonsiz holatga solib qo‘ysa, Rossiya yadro qurolidan foydalanishi mumkinligini aytdi.
Lukashenkoga ko‘ra, g‘arb davlatlari xavfli qadamlar qo‘ysa, xususan, Rossiya hududiga bostirib kirishga urinib, bu davlatning mavjudligiga tahdid soladigan bo‘lsa, Rossiya yadro quroliga murojaat qilishi mumkin.
«Bir so‘z bilan aytganda, agar siz Moskvani imkonsiz holatga solib qo‘ysangiz va bundan boshqa yo‘l bo‘lmasa», dedi Belarus rahbari g‘arb siyosatchilari bilan suhbatini eslab.
Lukashenkoning ta’kidlashicha, hali vaqt borida g‘arb Rossiya bilan muzokara olib borishi kerak.
Avvalroq Putin Lukashenko bilan Sochida bo‘lib o‘tgan uchrashuvda Rossiya Belarusda taktik yadro qurollarini joylashtirishni 7-8 iyuldan so‘ng, tegishli obyektlarni tayyorlash tugallangandan keyin boshlashini aytgan edi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar