23:54 / 15.06.2023
1 721

AQSH Ukrainani ogohlantirmoqda

AQSH Ukrainani ogohlantirmoqda
AQSH rasmiylari ukrainalik hamkasblarini Kiyev yaqin kunlarda jang maydonida katta muvaffaqiyatga erishishlari lozimligidan ogohlashtirishdi. Bu haqda “Politico” gazetasi o‘z manbalariga tayangan holda xabar bermoqda.
 
Gazetaning qayd etishicha, cho‘zilgan mojara G‘arbning charchashi va qurol-aslahalarning tugashiga olib keladi. Kiyevni “qancha kerak bo‘lsa, shuncha qo‘llab-quvvatlash” va’dalarga qaramay, amerikaliklar G‘arb yordam ko‘rsatishni davom etishi uchun Ukraina yirik g‘alabaga erishishi shartligidan bir necha bor ogohlantirishgan.
 
Nashr ma’lumotlariga ko‘ra, AQSHda “prezident saylovining qaynoq va o‘ta qizg‘in mavsumi” yaqinlashib kelayotgani munosabati bilan ilgari iqtisodiy yordam darajasini ushlab turish qiyin bo‘ladi. Ukrainalik amaldorlarning so‘zlariga ko‘ra, Kiyev oldidagi bo‘lajak majburiyatlari haqidagi savollar hozirda javobsiz qolmoqda.
 
Ukraina Qurolli kuchlari qarshi hujumi qanday borishini ko‘ramiz”, - deya amerikalik rasmiylarning so‘zini keltirgan gazeta.
 
Avvalroq Rossiya Mudofaa vazirligi Ukraina armiyasi 4 iyundan buyon muvaffaqiyatsiz hujum qilishga urinayotganini xabar qilgan edi. Hujum vaqtida ukrainlar katta yo‘qotishlarga duch kelishmoqda. Rossiya mudofaa vaziri Sergey Shoygu 6 iyun kuni Rossiya qo‘shinlari uch kun ichida UQKning barcha hujum qilishga bo‘lgan urinishlarining oldini olganini ma’lum qildi. Ukraina tomoni 3 715 nafargacha harbiysini yo‘qotgan. Rossiya prezidenti Vladimir Putin ham Ukraina armiyasi biror bir yo‘nalishda muvaffaqiyatga erisha olmaganini qayd etdi.
 
“Bloomberg” agentligining yozishicha, G‘arb UQK katta yo‘qotishlarga duch kelganini tan olmoqda. “The Washington Post” gazetasi esa Ukrainaning muvaffaqiyatsiz qarshi hujumi Kiyevning G‘arb mamlakatlari bilan munosabatlariga salbiy ta’sir qilishi mumkin.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » AQSH Ukrainani ogohlantirmoqda
ePN