00:15 / 16.06.2023
668

Xitoy generali: AQSH Ukrainadan Rossiyaga qarshi “to‘p yemi” sifatida foydalanmoqda

Xitoy generali: AQSH Ukrainadan Rossiyaga qarshi “to‘p yemi” sifatida foydalanmoqda
AQSH hukumati o‘zining keti uzilmayotgan qurol-yarog‘ yetkazib berishlari orqali Ukrainadan Rossiyaga qarshi “to‘p yemi” sifatida foydalanmoqda. Bu haqda Xitoy xalq ozodlik armiyasi general-leytenanti Xe Ley “The South China Morning Post” nashriga bergan intervyusida ma’lum qildi.
 
AQSH Ukrainadan o‘zining Rossiyaga qarshi kurashida, agar Moskva urushda mag‘lub bo‘lsa, ularda bitta raqobatchi va strategik raqib kam bo‘lishi uchun “to‘p yemi” sifatida foydalanmoqda”, - dedi u.
 
Xe Leyning qo‘shimcha qilishicha, Vashington tomonidan yangi qurol-yarog‘ yetkazib berish mojaroni faqat uzaytiradi.
Men AQSHdan haqiqatdan ham ular tinchlikni istashadimi deb so‘ragan bo‘lardim?”, - deydi general.
 
Uning ta’kidlashicha, Pekin uchun Ukrainadagi hozirgi inqiroz kutilmagan holat bo‘lmagan.
Xitoy biz hozirga qadar tinchlik istiqbollarini ko‘rmaganimizdan g‘oyat xavotirda va afsusda”, - deya qo‘shimcha qildi Xitoy generali.
 
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Rossiya prezidenti Vladimir Putin Ukraina muammosini hal qilishning kaliti G‘arb tomonida ekanini aytgan edi. Uning so‘zlariga ko‘ra, agar ular haqiqatan ham bugungi mojaro muzokaralar yo‘li bilan tugatilishini istasa, ular faqat bitta qaror qabul qilishlari kerak - qurol va texnika yetkazib berishni to‘xtatish.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Xitoy generali: AQSH Ukrainadan Rossiyaga qarshi “to‘p yemi” sifatida foydalanmoqda
ePN