14:00 / 16.06.2023
104

Nyu-York sobiq meri shaxsiy safarlarda politsiyachini olib yurgani uchun 500 ming dollar jarimaga tortildi

Nyu-York sobiq meri shaxsiy safarlarda politsiyachini olib yurgani uchun 500 ming dollar jarimaga tortildi
Foto: Reuters
Nyu-York sobiq meri Bill de Blazio 2020 yilgi prezidentlik saylovlari oldidan targ‘ibot paytida politsiya departamentidan foydalangani uchun 155 ming dollar jarima to‘lashi va shahar hisobiga 319 ming dollardan ko‘proq pul o‘tkazishi kerak. Bu haqda AQSH Manfaatlar to‘qnashuvi kengashi (COIB) bayonotida aytiladi.
 
Hujjatga ko‘ra, de Blazio saylov kampaniyasi doirasida shtatdan tashqaridagi 31 ta safarida o‘zi bilan olib yurgan shahar politsiyasi xavfsizlik xizmati xodimining yo‘l xarajatlarini shahar budjetidan to‘lagan. COIB ma’lumotlarida aytilishicha, de Blazio va rafiqasiga 2019 yil may sentyabr oylarida hamrohlik qilgan xodim, Nyu-York politsiyachisining maoshi va qo‘shimcha ish haqini hisobga olmaganda, sobiq merdan 319 794 dollar olishi kutilmoqda.
 
Kengash raisi Milton Uilyamsning aytishicha, merning saylovoldi safarlari uchun shahar o‘z budjetidan pul to‘lashga majbur emas. COIB de Blazioga jarimalarni to‘lash uchun 30 kun muhlat berdi. Uning advokati Endryu Chelli Kengashning qarori “o‘ylamasdan va o‘zboshimchalik” bilan qabul qilinganini, bu AQSH konstitutsiyasiga zid ekanini aytdi.
 
De Blazio 2019 yilning may oyida AQSH prezidentligi uchun da’vogarlik qilgandi. O‘shanda u Donald Trampni mag‘lub etish uchun o‘ziga xos qobiliyatlarga ega ekanini ta’kidlagan. The Wall Street Journal mamlakatda ham, nyu-yorkliklar orasida ham sobiq merni qo‘llab-quvvatlaydiganlar kamligi haqida yozgan.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Nyu-York sobiq meri shaxsiy safarlarda politsiyachini olib yurgani uchun 500 ming dollar jarimaga tortildi
ePN