21:21 / 16.06.2023
442

AQSHda odamga yashin urgan lahza videoga olindi (video)

Skrinshot: Videodan kadr

AQSHning Nyu-Jersi shtatidagi futbol maydonida erkak kishini chaqmoq urgan lahza videoga olindi. Bu haqda CBC News’ga tayanib, “Zakon.kz” xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, tasvir xavfsizlik tizimi tomonidan videoga muhrlangan. 39 yoshli Erik Baumgartner momaqaldiroq bo‘lganda, Vudbrij Taunship shaharchasidagi futbol maydonida bo‘lgan. U o‘z ishni yomg‘ir boshlangunga qadar tugatmoqchi bo‘lgan.

Shu payt erkakni yashin urgan, politsiya zobiti MakPartland voqea guvohi bo‘lgan.

Politsiyachi voqeadan keyin maydonga borib, erkakning yuragini massaj qilishni boshlagan.

“Biz uning qo‘llarida kuyish izlari borligini ko‘rdik, shu orqali nima bo‘lganini aniqladik va erkakning yuragi qayta ishlashi uchun uni massaj qilish kerakligini angladik”, — deydi MakPartland.

Uning aytishicha, Baumgartner tez yordam mashinasida kasalxonaga olib ketilganidan keyin sekin-asta tiklana boshlagan. Bu vaqt davomida ofitserlar u bilan gaplashishga harakat qilgan.

Jarohatlangan erkakning do‘stiga ko‘ra, Baumgartner zarbaning o‘zi haqida hech narsani eslamaydi.

“U ishlayotgan paytini va tez yordam mashinasida uyg‘onganini eslay oldi, nima yuz berganini esa eslolmadi. Umid qilamizki, u hayotga qaytadi”, — deydi jabrlanuvchining do‘sti.

AQSH milliy okean va atmosfera assotsiatsiyasi ma’lumotlariga ko‘ra, mamlakatda har yili 20 ga yaqin odam chaqmoq urishi oqibatida halok bo‘ladi, yuzlab odamlar jarohatlanadi.


arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » AQSHda odamga yashin urgan lahza videoga olindi (video)
ePN