G‘arb va Rossiya o‘rtasidagi qarama-qarshilik dunyoni yadroviy falokatga olib kelishi mumkin, xabar berdi South China Morning Post nashri sharhlovchisi Jonatan Pauer.
Materialda muallif mashhur fantast-yozuvchi Jorj Oruellning 1945 yilda Xirosima va Nagasakining bombardimon qilinganidan keyin yozilgan maqolasini manba sifatida keltirgan. Unda yozuvchi shartli ravishda dunyoni uch kuchga – SSSR, Xitoy va G‘arb mamlakatlariga ajratgan. Fantast-yozuvchining fikricha, yadroviy qurol yetakchi davlatlar o‘rtasidagi global urushlarga “tinchlik bo‘lmaydigan tinchlik" evaziga chek qo‘yishi mumkin bo‘lardi.
"Agar biz Oruell bashorat qilgan dahshatli natija tomon yo‘nalmoqchi bo‘lsak, u holda tanlangan yo‘nalishda harakat qilishda davom etishimiz mumkin. Agar unday bo‘lmasa, unda biz uyg‘onishimiz va Rossiyaga nisbatan siyosatimizni butunlay o‘zgartirishimiz kerak", — deya izoh berdi Pauer yozuvchining fikriga.
Bundan tashqari, jurnalist Sovet Ittifoqi va Rossiya rahbarlari AQSH bilan do‘stona munosabatlar o‘rnatishga harakat qilganini, G‘arb davlatlari rahbarlari Ronald Reygan va Margaret Tetcher davridan beri Moskvaga nisbatan “dono yondashuv” yetishmaganini ta’kidladi.
Rossiya NATO qarama-qarshilikni maqsad qilganini bir necha bor qayd etgan. Rossiya prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskov ta’kidlaganidek, blokning yanada kengayishi Yevropaga ko‘chliroq himoya olib kelmaydi.
“Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Kuniga nechta olma yeyish mumkin? Ommabop mevaning zararli xususiyatlari
O‘zbekiston Turkmaniston va Turkiya bilan mudofaa sohasida hamkorlik qiladi
Hindiston BMTni isloh qilishga chaqirdi
Dunyodagi eng baxtli shaharlar reytingi e’lon qilindi
Tramp Eron tomonidan o‘lim tahdidi haqida ogohlantirildi
Oyatulloh Xomanaiy: “Yo‘qotishlarga qaramay, “Hizbulloh” kuchli bo‘lib qoladi”
Shvetsiya Eronni Qur’on yoqib yuborilgani uchun qasos olganlikda ayblamoqda
Tramp Zelenskiyning AQSHga tashrifi chog‘ida u bilan uchrashishdan bosh tortdi