08:28 / 17.06.2023
693

Putin: “AQSH bir marta yadro qurolidan foydalanib, pretsedent yaratgan”

Putin: “AQSH bir marta yadro qurolidan foydalanib, pretsedent yaratgan”
Foto: “RIA Novosti”
Sankt-Peterburgda bo‘lib o‘tayotgan xalqaro iqtisodiy forumda Vladimir Putin AQSH 1945 yilda Yaponiyaga atom bombasi tashlaganini esga oldi.
 
"Amerika Qo‘shma Shtatlari bir paytlar yadro qurolidan foydalangan holda o‘ziga xos pretsedent yaratgan”, — dedi Rossiya prezidenti.
 
Sizga eslatib o‘tamanki, dunyoda yadro quroliga ega bo‘lmagan davlatga qarshi yadro qurolini qo‘llagan yagona davlat bu Yaponiyaning Xirosima va Nagasaki shaharlariga ikki marta hujum qilgan Amerika Qo‘shma Shtatlaridir”, — dedi u Sankt-Peterburgda so‘zlagan nutqida.
 
Ular buni qilishga haqlimiz, deb hisobladilar. Bunday pretsedent AQSH tomonidan yaratilgan”, — deya qo‘shimcha qildi Putin.
 
Ma’lumot uchun, AQSH 1945 yil 6 va 9 avgust kunlari Yaponiyaning Xirosima va Nagasaki shaharlariga atom bombasi tashlagan. O‘shanda portlash natijada 80 ming nafardan ortiq odam halok bo‘lgan.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Putin: “AQSH bir marta yadro qurolidan foydalanib, pretsedent yaratgan”
ePN