09:49 / 17.06.2023
338

Deputatlar aralashdi: Qirg‘izistonda Morgenshtern konserti bekor qilinishi mumkin

Deputatlar aralashdi: Qirg‘izistonda Morgenshtern konserti bekor qilinishi mumkin
Foto: Telegram
Qirg‘iziston Madaniyat, axborot, sport va yoshlar siyosati vazirligi rossiyalik artist Morgenshternning konsertini bekor qilishi mumkin. Bu haqda “AKIpress” xabar berdi.
 
Deputat Alisher Kozuyev chet ellik ijrochilarning Qirg‘izistonda konsert o‘tkazishiga rozilik berish masalasiga oydinlik kiritdi:
 
Ijtimoiy tarmoqlarda Morgenshtern tez orada mamlakatga kelishi haqida ma’lumotlar bor, u artistmi yoki kim? Qo‘shiq ijrochisi konsert bermoqchi. Biz chora ko‘rishimiz kerak. Nahotki xohlagan odam Qirg‘izistonga kelib, konsert qo‘ya oladi?
 
Vazir Altinbek Maqsutovning so‘zlariga ko‘ra, hukumat tadbirlari qachon o‘tkazilishini muvofiqlashtirish mumkin, agar bu shaxsiy tadbir bo‘lsa, qonun bo‘yicha aralashib bo‘lmaydi.
 
Ammo biz uning sahnadagi chiqishini bekor qilishga harakat qilishimiz mumkin”, — deydi vazir.
 
Morgenshternning Bishkekdagi chiqishi 23 iyun kuni ALGA FEST festivali doirasida bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan.
 
Ma’lumot uchun: Morgenshtern — rossiyalik rep va estrada artisti, musiqachi, shoumen.
 
U 2017 yilda o‘sha paytdagi mashhur san’atkorlarga YouTube'da parodiya qilish orqali shuhrat qozongan.
 
2022 yilning fevralida Morgenshtern ijtimoiy tarmoqlarda giyohvand moddalar savdosida ayblanganidan keyin Rossiyani tark etgan.
 
Rossiyada unga nisbatan Jinoyat kodeksining 330.1-moddasi 2-qismi (bir yil davomida ikki marta ma’muriy javobgarlikka tortilganidan keyin shaxs tomonidan chet el agenti faoliyati tartibini buzish) bo‘yicha jinoiy ish ochilgan.
 
Tergov ma’lumotlariga ko‘ra, u o‘zining Telegram kanalidagi postlarida xorijiy agent maqomini ko‘rsatmagan.
 
Morgenshtern Dubayga ko‘chib o‘tgan va u yerda Rossiyadagi mulkini sotib, Fors ko‘rfazidan uy sotib olgan.
 
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Rossiyaning “Pornofilmi” guruhi Qirg‘iziston xavfsizlik kuchlarining bosimi tufayli Bishkekdagi konsertini bekor qilgandi. Bu haqda musiqachilar Instagram’dagi sahifalarida ma’lum qilgan.
 
Shuningdek, Bishkekda “Bi-2” rok guruhining 18 iyun kuni bo‘lib o‘tishi kerak bo‘lgan konserti ham bekor qilingan. Bunga tashkilotchilarning ichki muammolari sabab bo‘lgan.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Deputatlar aralashdi: Qirg‘izistonda Morgenshtern konserti bekor qilinishi mumkin
ePN