11:25 / 17.06.2023
750

Polshada JAR prezidentining qo‘riqchilari o‘tirgan samolyot qo‘lga olindi

Polshada JAR prezidentining qo‘riqchilari o‘tirgan samolyot qo‘lga olindi
Foto: AP Photo
Janubiy Afrika Respublikasi hukumati delegatsiyasini Ukrainaga olib ketayotgan samolyot bortida xavfli materiallar va kelishi haqida xabar berilmagan shaxslar borligi sababli Varshava aeroportida qo‘lga olindi. Bu haqda Polsha tashqi ishlar vazirligi xabar berdi.
 
Samolyot bortida Janubiy Afrika vakillariga olib kirishga ruxsat etilmagan xavfli materiallar bo‘lgan. Bundan tashqari, samolyotdagi bir qancha odamlar haqida Polshaga oldindan xabar berilmagan”, — deyiladi vazirlik xabarida.
 
Polsha Tashqi ishlar vazirligi Janubiy Afrika delegatsiyasining Varshavaga tashrifini to‘g‘ri tayyorlash uchun barcha sa’y-harakatlarini amalga oshirganini ta’kidladi: uchta maslahat uchrashuvi bo‘lib o‘tgan, delegatsiya vakillari prezident devoni va elchixona bilan doimiy aloqada bo‘lgan. Bundan tashqari, ularga Polshaga kirish uchun rioya qilinishi kerak bo‘lgan barcha rasmiyatchiliklar haqida ma’lumot berilgan.
 
Aeroportda qo‘lga olingan samolyot ichida Janubiy Afrika Respublikasi prezidenti Siril Ramafosaning Ukraina va Rossiyaga tashrifi chog‘ida unga hamrohlik qilishi kerak bo‘lgan xavfsizlik xizmati xodimlari, diplomatlar va jurnalistlar bor edi.
 
AP va Radio Zet nashrlarining yozishicha, samolyot o‘qotar qurol olib yurish ruxsatnomasi bilan bog‘liq muammolar tufayli ushlangan. Polsha chegarachilarining aytishicha, JAR xavfsizlik xizmati rasmiylari ruxsat etilmagan qurollarni olib yurgan. Oxir-oqibat Janubiy Afrika va Polsha rasmiylari bu masalani hal qilgan va odamlar samolyotdan chiqarilgan.
 
Ramafosa 15 iyun kuni Polshaga, so‘ng Kiyevga keldi va Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy bilan uchrashdi. Ukrainaga JAR prezidentidan tashqari Zambiya, Komor orollari ittifoqi, Senegal va Misr rahbarlari, shuningdek, Kongo Respublikasi va Uganda rahbarlarining maxsus vakillari ham tashrif buyurdi. Ular Kiyevdan keyin Moskvaga borishni rejalashtirmoqda.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Polshada JAR prezidentining qo‘riqchilari o‘tirgan samolyot qo‘lga olindi
ePN