22:55 / 18.06.2023
494

Dmitriy Peskov: “Ukrainani demilitarizatsiya qilish vazifasining katta qismi bajarildi”

Dmitriy Peskov: “Ukrainani demilitarizatsiya qilish vazifasining katta qismi bajarildi”
Rossiya prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskov RT Arabic telekanaliga bergan intervyusida Ukrainani “demilitarizatsiya qilish vazifasining katta qismi bajarilgan”ini aytdi.
“Maxsus harbiy operatsiya boshlanganida Ukraina qattiq harbiylashtirilgan edi. Kecha Putin aytganidek, oldimizdagi vazifalardan biri Ukrainani demilitarizatsiya qilish edi. Umuman olganda bu vazifaning katta qismi bajarildi”, — dedi Peskov.
 
Uning tushuntirishicha, hozir Ukraina o‘z qurollaridan kamroq foydalanib, ko‘proq G‘arb davlatlari unga yetkazib berayotgan qurol tizimlariga tayanmoqda.
 
Peskov shuningdek, G‘arb davlatlari “mojaroga borgan sari kirishayotgani” va shu tariqa, urush tomoniga aylanayotganini qo‘shimcha qildi.
 
“Bu esa mojaroning cho‘zilib ketishiga sabab bo‘ladi. Oqibatda Yevropadagi vaziyat yanada keskinlashishi va oldindan aytib bo‘lmaydigan holga kelishi mumkin. Bu Rossiyani xavfsizlikni ta’minlash uchun yanada qat’iyroq choralar ko‘rishga majbur qiladi”, — dedi Kreml vakili.
 
2023 yil may oyida Dmitriy Peskov Rossiya “maxsus harbiy operatsiyani” boshlashda o‘z oldiga qo‘ygan maqsadlariga bir yildan ortiq davom etgan urush paytida “qisman erishganini” aytgandi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Dmitriy Peskov: “Ukrainani demilitarizatsiya qilish vazifasining katta qismi bajarildi”
ePN