14:08 / 19.06.2023
370

Roman Abramovich “Chelsi” sotuvidan tushgan pullarni Ukrainaga o‘tkazib berishdan bosh tortyapti

Foto: Getty Images

Milliarder Roman Abramovich “Chelsi” futbol klubi sotuvidan tushgan pullarni Ukrainaga o‘tkazishdan bosh tortmoqda.

Klubning Todd Bouli va boshqa investorlarga sotuvidan tushgan 2,3 milliard funt Buyuk Britaniya hukumati tomonidan muzlatib qo‘yilgan va uni Ukrainaga yuborish uchun “Chelsi” sobiq egasining imzosi kerak bo‘ladi.

Biroq Abramovich imzo qo‘yishdan bosh tortmoqda, u mazkur pullar Ukraina va Rossiya o‘rtasida taqsimlanishini istayapti, deya xabar qilmoqda Daily Mail. Xususan, Abramovich pullarning bir qismi mojarodan jabr ko‘rgan rossiyaliklarga berilishini xohlayapti.

“Pullarni o‘tgan yili o‘tkazishadi degan umid bor edi, keyin biz yanvarda o‘tkazishlariga umid qildik. Hozir esa pullar Ukrainaga qahraton qishgacha yetib borishiga umid bog‘layapmiz. Biroq hozir bu masala amalga oshishiga hech qanday kafolat yo‘q”, — degan Daily Mail manbasi.

Ma’lumot uchun, Rossiyaning Ukrainaga bostirib kirishi oqibatida yuzaga kelgan vaziyat tufayli Abramovichning Buyuk Britaniyadagi mulklari, xususan, “Chelsi”ning hisob raqami ham muzlatildi. Avvaliga milliarder “Chelsi” boshqaruvini xayriya fondiga topshirdi, keyinchalik hukumatning turli bosimlari sabab klubni sotishga majbur bo‘ldi. 2022-yilning may oyida Abramovich “Chelsi”ni amerikalik milliarder Todd Bouli va Clearlake Capital konsorsiumiga sotdi. Kelishuv 4,25 milliard funtga baholangani xabar qilindi.


arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Roman Abramovich “Chelsi” sotuvidan tushgan pullarni Ukrainaga o‘tkazib berishdan bosh tortyapti
ePN