22:02 / 20.06.2023
379

Germaniyada Rim papasining xochi o‘g‘irlab ketildi

Germaniyada Rim papasining xochi o‘g‘irlab ketildi
Foto: Internet
Germaniyada Rim papasi Benedikt XVI ning xochi o‘g‘irlab ketildi. Bir kun oldin jinoyatchilar Yuqori Bavariyadagi Traunshtayn shahri cherkoviga bostirib kirib, devordagi ko‘rgazma shkafdan yodgorlikni o‘g‘irlab ketishgan. Bu haqda Bavariya politsiya boshqarmasi xabar berdi.
 
Benedikt XVI Traunshtayndagi gimnaziyada tahsil olgan va o‘zining ilk ruhoniy marosimini ham shu yerda nishonlagan.
 
U 2005 yilda Rim papasi etib saylandi va 2013 yil fevralida o‘z lavozimini tark etdi. Benedikt XVI Rim-katolik cherkovining olti asr ichida taxtni ixtiyoriy ravishda tark etgan birinchi vakiliga aylandi.
 
Ruhoniy o‘tgan yilning 31 dekabrida vafot etgan va Vatikandagi Avliyo Pyotr soboriga dafn etilgan.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Germaniyada Rim papasining xochi o‘g‘irlab ketildi
ePN