08:49 / 21.06.2023
637

Gonduras: Ayollar qamoqxonasida 25 nafar mahbus yoqib yuborildi

Gonduras: Ayollar qamoqxonasida 25 nafar mahbus yoqib yuborildi
Gondurasdagi ayollar qamoqxonasida yuz bergan tartibsizliklar oqibatida kamida 41 mahbus halok bo‘ldi.
 
Mahalliy «La Prensa» nashrining yozishicha, mojaro Gonduras poytaxti yaqinidagi Tamara shahridagi jazoni ijro etish muassasasida ro‘y bergan.
 
Mara Salvatrucha va Barrio 18 jinoiy guruhlari a’zolari o‘rtasida to‘qnashuvlarda 25 nafar mahbus ayol yoqib yuborilgan, yana 16 nafari qurol ishlatish oqibatida halok bo‘lgan.
 
Voqea munosabati bilan huquq-tartibot idoralari xodimlari qamoqxona hududida xavfsizlik choralarini kuchaytirgan.
 
Qamoqxona hududida favqulodda holat e’lon qilingan, tartibsizliklarni jilovlash bo‘yicha qat’iy choralar ko‘rish to‘g‘risida buyruq chiqarilgan. Bu haqda mamlakat xavfsizlik vaziri o‘rinbosari Xulissa Vilyanueva tvitter sahifasida ma’lum qildi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Gonduras: Ayollar qamoqxonasida 25 nafar mahbus yoqib yuborildi
ePN