17:13 / 21.06.2023
247

To‘qayev: “Ukrainada o‘t ochish to‘xtatilishi uchun o‘z hissamizni qo‘shishga tayyormiz”

To‘qayev: “Ukrainada o‘t ochish to‘xtatilishi uchun o‘z hissamizni qo‘shishga tayyormiz”
Foto: Qozog‘iston prezidenti matbuot xizmati
Qozog‘iston prezidenti Qosim-Jo‘mart To‘qayev respublikaga davlat tashrifi bilan kelgan germaniyalik hamkasbi Frank-Valter Shtaynmayer bilan qo‘shma matbuot anjumanida Ukrainada o‘t ochishning to‘xtatilishga umid bildirdi va bunga erishish uchun Ostona qo‘lidan kelgancha hissa qo‘shishga tayyorligini aytdi. Bu haqda To‘qayev matbuot xizmatining Telegram-kanalida xabar berildi.
 
Jurnalistlar bilan uchrashuvda Qozog‘iston rahbari Ukraina atrofidagi vaziyat bo‘yicha respublika pozitsiyasini yana bir bor bayon qilgan.
 
Birinchidan, biz Birlashgan Millatlar Tashkiloti nizomiga qat’iy rioya qilishimiz va umuman olganda, albatta, BMTni dunyoda bo‘linmas va universal tashkilot sifatida qo‘llab-quvvatlashimiz kerak. Ikkinchidan, biz ham Xitoy va boshqa davlatlar tomonidan bildirilgan barcha tinchlik tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlashimiz lozim”, — dedi Qozog‘iston prezidenti.
 
U yaqin kelajakda o‘t ochish to‘xtashiga umid bildirdi va shundan so‘ng dunyoning ushbu qismida ham mustahkam tinchlik o‘rnatish haqida gapirish imkoni paydo bo‘lishini aytdi.
 
Qozog‘istonga kelsak, biz bu maqsadga erishish uchun o‘z hissamizni qo‘shishga tayyormiz”, — dedi To‘qayev.
 
Shu bilan birga, davlat rahbari Qozog‘iston Rossiyaning strategik hamkori ekani va u bilan doimiy aloqada bo‘lishini ta’kidladi.
 
Shuning uchun maqsadimiz — ham ikki tomonlama, ham tegishli xalqaro tashkilotlar doirasidagi o‘zaro hamkorligimizni mustahkamlash uchun Rossiya bilan yaqin aloqani saqlab qolish”, — dedi u.
 
Ma’lumot uchun 2022 yilning iyun oyida Sankt-Peterburg iqtisodiy forumida To‘qayev Rossiya prezidenti Vladimir Putinning yonida Qozog‘iston Donetsk va Lugansk xalq respublikalarining mustaqilligini tan olmasligini aytgandi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » To‘qayev: “Ukrainada o‘t ochish to‘xtatilishi uchun o‘z hissamizni qo‘shishga tayyormiz”
ePN