19:30 / 21.06.2023
271

Peskov: “Jo Bayden Xitoy rahbarini diktator deb atashi AQSH tashqi siyosatining beqarorligini anglatadi”

Peskov: “Jo Bayden Xitoy rahbarini  diktator deb atashi AQSH tashqi siyosatining beqarorligini anglatadi”

Rossiya prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskovning ma’lum qilishicha, AQSH prezidenti Jo Baydenning Xitoy rahbari Si Szinpin haqidagi so‘zlari Vashington siyosatining beqarorligidan dalolat beradi. AQSH prezidenti Xitoy rahbarini “diktator” deb atagandi.

Bilasizmi, bir tomondan, bu AQSH tashqi siyosatining juda qarama-qarshi ko‘rinishda ekanini anglatadi. Boshqa tomondan, AQSH tashqi siyosatida juda ko‘p davlatlar uchun nomaqbul bo‘lgan bunday ‘aql o‘rgatish’ holatining hamon davom etayotganini ko‘rsatmoqda. Bunday davlatlar soni doimiy ravishda o‘sib bormoqda”, — dedi Peskov.

Jo Bayden Si Szinpin haqida nima degandi?

AQSH prezidenti Jo Bayden Kaliforniyadagi tadbirda nutq so‘zlar ekan, Si Szinpin AQSH havo hududida Xitoy sharlari topilib, urib tushirilganidan esankirab qolganini, chunki u Pekinning bu missiyasidan bexabar bo‘lganini aytgan.

Si Szinpin men josuslik apparati bor o‘sha havo sharini urib tushirganimdan juda norozi bo‘lganiga sabab — u shar haqida bilmagan”, — dedi Bayden. “Nima bo‘layotganini bilmaslik esa diktatorlarga yoqmaydi”.

Xitoy bunga qanday javob qaytardi?

Xitoy Tashqi ishlar vazirligi AQSH prezidenti Jo Baydenning Si Szinpinni diktator deb atagan bayonotiga, tabiiyki, norozilik bildirdi.

Amerika tomonining bayonotlari diplomatik odob-axloq qoidalarini buzadi, bu mas’uliyatsizlik va ochiq siyosiy provokatsiyadir”, — deya ta’kidladi Xitoy TIV.

Yaqinda Xitoyda bo‘lib qaytgan AQSH davlat kotibi Entoni Blinken “josus” sharlar mavzusini o‘tmishda qoldirishni taklif qildi va Pekinga tashrifini AQSH—Xitoy munosabatlarini barqarorlashtirishda muhim qadam deb atadi.


arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Peskov: “Jo Bayden Xitoy rahbarini diktator deb atashi AQSH tashqi siyosatining beqarorligini anglatadi”
ePN