
Vladimir Zelenskiy Ukrainaning qarshi hujumi kutilganidan sekin ketayotganini tan oldi. Bu haqda u BBC nashriga bergan intervyusida aytdi.
«Ba’zi odamlar buni Gollivud filmi deb o‘ylashadi va hozir natijalarni kutishadi. Unday emas», dedi u.
«Odamlar hayoti xavf ostida qolmoqda», deb davom etdi Ukraina prezidenti.
Zelenskiy sekin hujumning sabablaridan biri sifatida mamlakat hududining 200 ming kvadrat kilometri minalashtirilganini aytdi.
U qarshi hujum muvaffaqiyatli bo‘lishidan qat’i nazar, Kiyev mojaroni muzlatishga rozi bo‘lmaydi, degan tezisni takrorlagan.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar