12:23 / 22.06.2023
154

Parijning tarixiy markazida portlash tufayli uy quladi

Parijning tarixiy markazida portlash tufayli uy quladi
Foto: Abdulmonam Eassa / AFP / Scanpix / LETA
Portlash tufayli Parij markazidagi Lotin kvartalidagi bir necha binolarda yong‘in kelib chiqdi. Hodisa sababi sifatida bir necha versiya ko‘rib chiqilmoqda, ularning asosiysi – gaz portlashi bilan bog‘liq. Mahalliy rasmiylarga ko‘ra, 37 kishi jarohatlangan, ulardan to‘rt nafari og‘ir ahvolda.
 
Uylardan birining fasadi ko‘cha tomondan qulagan, bir necha uy yonib ketgan.
 
Mamlakat ichki ishlar vaziri Jerald Darmanin maishiy gaz portlashi V okrugidagi Sen-Jak ko‘chasida — Luksemburg bog‘i va Sorbonna yaqinida, katolik ta’lim tizimi ofisi hamda dizaynerlik studiyasi joylashgan uyda ro‘y berganini ma’lum qildi.
 
Gaz portlashi haqida beshinchi okrug meri Florens Bertu va mer o‘rinbosari Eduard Sivel ham ma’lumot bergan.
 
Voqea joyiga yetib kelgan Parij prokurori Lora Beko kuzatuv kamerasidan olingan ma’lumotga ko‘ra, portlash bino ichkarisida ro‘y berganini tasdiqlagan.
 
Portlashga guvoh bo‘lganlarning aytishicha, ko‘chada o‘tkir gaz hidi kelayotgandi. Ammo Parij politsiyasi vakili portlash sababi aynan gaz bo‘lgani haqida xulosa chiqarishga hali erta ekanini aytgan.
 
BFM TV telekanali o‘t o‘chirish xizmatlari alangani o‘chirishga urinayotgani kadrlarini namoyish etgan, parijliklar esa tvitterda shaharning katta qismidan ko‘rinib turgan ulkan tutun ustuni aks etgan suratlarni joylashgan.
 
Jurnalist Olive Galsi BFM TV efirida qo‘shni bino fasadi qanday qilib «to‘lig‘icha qulab tushgani»ni ko‘rganini aytgan.
 
Politsiya odamlarni bu hududdan uzoqroq yurishga chaqirgan.
 
«Bu xaos», — deya guvohlardan biri Kristofer Galonening so‘zlarini keltirgan Reuters agentligi.
 
Parijdagi Sen-Mishel bulvarida joylashgan Tog‘ maktabi talabasi Le Parisien gazetasiga hikoya qilishicha, u kuchli gumburlashni eshitgan va 20 yoki 30 metr balandlikka ko‘tarilgan ulkan olov sharini ko‘rgan. U ham hududda kuchli gaz hidini sezganini aytgan.
Boshqa bir guvoh Antuan Brusho BBC uchun intervyusida kuchli ovoz kelgan mahalda uyda bo‘lganini aytgan: «Men boshimni derazadan chiqardim va o‘sha tomonga qaradim, keyin esa ulkan tutun bulutini ko‘rdim, u yerga yaqinroq borganimda qulagan binoni ko‘rdim, u yerda hammasi yonayotgandi».

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Parijning tarixiy markazida portlash tufayli uy quladi
ePN