07:03 / 23.06.2023
284

Kuleba: Ukraina qancha kerak bo‘lsa, shuncha qarshi hujum qiladi

Kuleba: Ukraina qancha kerak bo‘lsa, shuncha qarshi hujum qiladi
Foto: Suspіlne
Ukraina Rossiyani o‘z hududidan haydab chiqarish uchun qancha kerak bo‘lsa, shuncha qarshi hujumni amalga oshiradi. Bu haqda Ukraina tashqi ishlar vaziri Dmitriy Kuleba aytib o‘tdi.
 
Jurnalist Kulebaga Amerikaning Abrams tanklari ushbu qarshi hujum kampaniyasida ishtirok etadimi, degan savolni berdi.
 
«Umid bor, lekin biz faqat bu qarshi hujum haqida o‘ylamasligimiz kerak. Men sheriklar bilan muloqotda buni doimo ta’kidlayman: biz bu qarshi hujumga oxirgi va hal qiluvchi hujum sifatida qaramasligimiz kerak. Rossiyani haydab chiqarish uchun qancha kerak bo‘lsa, shuncha qarshi hujum bo‘ladi», dedi u.
 
Kulebaning ta’kidlashicha, ba’zi texnikalar hamkorlardan endi yetib kelmoqda, ba’zilari yetkazib berish «jarayonida».
 
«Shuning uchun biz hozir ishlayapmiz, lekin shuni yodda tutamizki, keyingi hujumlar uchun tanklar, bronetransportyorlar va boshqa texnikalar ham kerak bo‘ladi. Agar biz bu qarshi hujumda Ukrainani ozod qilsak, Xudoga shukrona keltiramiz, barchaga rahmat aytamiz. Ammo urush shunday narsaki, ikki-uch qadam oldinga o‘ylash kerak», dedi Kuleba.
 
Shuningdek, u agar Ukraina qarshi hujumda muvaffaqiyatga erishmasa, hamkorlar harbiy yordamni to‘xtatishga ishora qilmaganini ta’kidladi.
 
«Ammo har bir mamlakatda qiyinchilik bor: qayerdadir saylovlar yaqinlashmoqda, qayerdadir omborlarda Ukrainaga berilishi kerak bo‘lgan bombalar tugab qolgan, zavodlarda esa yangisini ishlab chiqarishga ulgurmayapti», dedi Kuleba.
 
Rossiya bilan muzokaralarga undash bo‘yicha bosim haqidagi savolga javob berarkan, Kuleba Rossiya qo‘shinlari Ukraina hududidan olib chiqib ketilganidan keyin muzokaralar olib borish mumkinligini ta’kidladi.
Rossiya va Ukraina urushi

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Kuleba: Ukraina qancha kerak bo‘lsa, shuncha qarshi hujum qiladi
ePN