12:53 / 23.06.2023
225

«Tolibon» rahbari sudsiz jazolashni taqiqladi

«Tolibon» rahbari sudsiz jazolashni taqiqladi
Afg‘onistonda hokimiyatdagi “Tolibon” harakatining oliy yetakchisi Haybatulloh Oxundzoda mamlakatda suddan tashqari jazo amaliyotini taqiqlovchi farmon chiqardi. Bu haqda harakatning rasmiy vakili Zabihulloh Mujohid ma’lum qilgan.
 
Hech kim sud qarorisiz birovni kaltaklashga haqli emas, hatto bu kichik jismoniy zarba bo‘lsa ham. Sud shariat asosida jazo tayinlaydi. Boshqalar esa kimnidir tayoq yoki qamchi bilan urishga haqli emas”, — deya “TASS” “Tolibon” vakilining so‘zlaridan iqtibos keltirgan.
 
Mujohid farmonni buzganlar jazolanishini ta’kidlagan.
 
Avvalroq xalqaro tashkilotlar, shuningdek, ommaviy axborot vositalari “Tolibon” tomonidan mamlakatning sobiq hukumati va milliy ozchilik vakillariga nisbatan suddan tashqari qatag‘on qilish faktlari haqida bir necha bor xabar bergan edi.
 
“Tolibon” Afg‘onistonda hokimiyatni 2021 yil avgustida Amerika harbiy kontingenti mamlakatdan chiqib ketishidan so‘ng  qo‘lga kiritgan edi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » «Tolibon» rahbari sudsiz jazolashni taqiqladi
ePN