23:13 / 23.06.2023
154

Pokistonda 50 daraja issiq kuzatilmoqda

Pokistonda 50 daraja issiq kuzatilmoqda
Pokistonda mahalliy hokimiyat aholini anomal issiqdan ogohlantirdi. 23 iyun juma kuni mamlakatning ba’zi hududlarida harorat 50 darajadan oshib ketdi.
 
Tabiiy ofatlarni boshqarish milliy agentligi matbuot kotibi Idris Maqsud odamlarni uyda qolishga va imkon qadar jazirama quyoshdan saqlanishga chaqirdi. Kecha eng issiq ob-havo Naukundi shahrida qayd etildi — 50 daraja issiq. Sinoptiklarning fikricha, kuchli jazirama yana bir necha kun davom etadi.
 
“Kun davomida ko‘chalar va bozorlar butunlay bo‘m-bo‘sh”, “Biz yonayotgan o‘choq ichida yurganga o‘xshaymiz”, — deya mahalliy aholining so‘zlarini keltirgan OAV.
 
Poytaxt Islomobodda shahar energetika idorasi konditsionerlarga bo‘lgan talab ortishi sababli elektr ta’minotidagi uzilishlar kuchayganini ma’lum qildi.
 
Yozda Pokistonning ko‘plab provinsiyalarida haroratning yuqori bo‘lishi odatiy hol. Biroq bir necha yildirki, anomal issiq mamlakatni qamrab olmoqda. Mutaxassislarning fikricha, bunga iqlim o‘zgarishi sabab bo‘lgan.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Pokistonda 50 daraja issiq kuzatilmoqda
ePN