00:55 / 24.06.2023
150

Avstraliya bosh vaziri iPhone egalarini smartfonni har kuni besh daqiqaga o‘chirib turishga chaqirdi

Avstraliya bosh vaziri iPhone egalarini smartfonni har kuni besh daqiqaga o‘chirib turishga chaqirdi
Foto: Google Images
Avstraliya bosh vaziri Entoni Albaniz iPhone egalarini xakerlar masofadan o‘rnatishi mumkin bo‘lgan josus dasturlardan himoyalanish uchun muntazam ravishda besh daqiqaga o‘z gadjetlarini o‘chirib qo‘yishga chaqirdi. Bu haqda The Guardian xabar bermoqda.
 
Har birimiz o‘z hayotimiz uchun javobgarmiz. Oddiy maslahat: har kecha smartfoningizni besh daqiqaga o‘chiring. Bu ishni har 24 soatda bajaring, tishlaringizni yuvayotganda yoki boshqa ish bilan mashg‘ul paytingizda shunday qilib turing”, — dedi mamlakat bosh vaziri.
 
Albanizning so‘zlariga ko‘ra, bu chora mobil qurilmadagi har qanday josuslik dasturlarining ishini to‘xtatib qo‘yadi.
 
The Guardian qo‘shimcha qilishicha, AQSH Milliy xavfsizlik agentligi bu maslahatni qo‘llab-quvvatlaydi. Xuddi shu maqsadda agentlik haftada kamida bir marta smartfonlarni o‘chirib, qayta ishga tushirishni tavsiya qildi.
 
Mutaxassislarning ta’kidlashicha, smartfon o‘chirib yoqilganidan so‘ng xakerlar gadjet operatsion tizimidagi zaiflikni topib, josuslik dasturlarini qaytadan ishga tushirishlari kerak bo‘ladi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Avstraliya bosh vaziri iPhone egalarini smartfonni har kuni besh daqiqaga o‘chirib turishga chaqirdi
ePN