Turkiya nemis delegatsiyasini Injirlikdagi aviabazaga kiritmadi

Turkiya nemis delegatsiyasini Injirlikdagi aviabazaga kiritmadi
Turkiya nemis delegasiyasini Injirlikdagi aviabazaga kiritmadi

Turkiya Germaniya mudofaa vazirligining bosh kotibi Ralf Braukzip boshchiligidagi deputatlar delegatsiyasini Injirlik aviabazasiga kirishiga yo‘l qo‘ymadi. Bu haqda Ria Novosti agentligi xabar beradi.

Bunga Germaniyaning 1915 yilda Usmonli imperiyasi tomonidan amalga oshirilgan armanlar qirg‘inini jinoyat sifatida tan olganligi sabab bo‘ldi. Sodir bo‘lgan voqea yuzasidan Turkiya hukumati hech qanday yozma bayonot bermagan.

Deputatlar guruhi Injirlikka tashrif buyurigidan maqsadi IShIDchilarga qarshi kurashish operatsiyasida qatnashuvchi nemis harbiylarining sharoitidan xabardor bo‘lish edi.

Delegatsiya Iroq shimoliga borishni ham ko‘zda tutgan. Shuningdek, Quvayt va Qatar davlatlaridagi ID ga qarshi koalitsiya qarorgohiga ham tashrif buyurishadi.

Avval ham nemis jurnalistlarini aviabazaga kirgizilmagan va buning sababi havsizlik maqsadida deb ko‘rsatilgan edi.

Izohlar 0

…

Mavzuga oid yangiliklar