16:06 / 25.06.2023
317

Badavlat bo‘lishiga qaramay, oddiy odamlar kabi yashaydigan Gollivud yulduzlari (foto)

Badavlat bo‘lishiga qaramay, oddiy odamlar kabi yashaydigan Gollivud yulduzlari (foto)

Ko‘plab yulduzlar boy va mashhur bo‘lib, oddiy odamlardan butunlay boshqacha tarzda yashaydi. Ularning uyini xizmatkorlar tozalaydi, bolalari enaga tomonidan tarbiyalanadi, shaxsiy haydovchi ularni do‘konga olib boradi. Biroq ba’zi yulduzlar stereotiplarni buzgan holda oddiy odamlar kabi hayot kechiradi

Bleyk Layvli va Rayan Reynolds farzandlariga o‘zlari qaraydi

Foto: AdMe

Aktyorning oilasida to‘ng‘ich qizi tug‘ilganda chaqaloqqa o‘zlari qarab, enaga yollashmaydi.

“Bunchalik sabr-toqatim borligidan hayron qoldim, — deydi Rayan. — Kechasi 5 marta asabiylashmay turaman, tagligini almashtiraman. Qanchalik charchagan bo‘lsam ham, tabassum qilaman. Biz enaga yollamadik. Endi qizimizga faqat o‘zimiz g‘amxo‘rlik qilamiz va bu menga yoqadi”.

Bundan tashqari, Bleyk stilist xizmatidan foydalanmaydi

Foto: AdMe

Aktrisa nafaqat bolaga enagasiz g‘amxo‘rlik qiladi, balki o‘zi soch turmagi va makiyaj ham qiladi. Aktrisa qizil gilam uchun hashamatli liboslarni ham o‘zi tanlaydi. Balki, bu arzimas narsadek tuyular, lekin mashhurlar ko‘pincha o‘zlarini professionallar qo‘liga topshirishni afzal ko‘rishadi, ammo Bleyk o‘ziga o‘zi ham stilist, ham vizajist.

Zendaya ham o‘zi bo‘yanadi

Foto: AdMe

“Dyuna” yulduzi anchadan beri uni hayratda qoldiradigan vizajistlar ishlarini kuzatib kelayotganini tan oladi va u uyda o‘ziga yoqqan obrazlarni takrorlaydi. Hozirda aktrisa tadbirlarga doim o‘zi pardoz qiladi — bundan dam oladi.

Tom Holland oddiy reysda uchadi, hatto parvoz vaqtida narsa to‘qiydi

Foto: AdMe

Bir muddat aktyorning sevgilisi Zendaya film suratga olinayotgani sababli undan uzoqda yashaydi. Tom esa qizni ko‘rish uchun samolyotda Yerning narigi tomoniga uchadi. Salondagi aktyorni muxlislari ko‘rib qolishadi — u o‘zini chalg‘itish uchun to‘qib o‘tirgandi.

Jennifer Lourens tejamkorlikka odatlangan

Foto: AdMe

Badavlat bo‘lishiga qaramay, aktrisa pullarini bekorga ishlatmaydi: u o‘zi do‘konga boradi, avvalgi kvartirasida yashaydi va hamma narsani chegirma narxda sotib olishni afzal ko‘radi. “Bolaligimdan menga pulni qanday tejashga o‘rgatishgan, hatto u ko‘p bo‘lsa ham”, — deydi Jennifer.

Elayja Vud shaharni elektr samokatda bosib o‘tadi

Foto: AdMe

Ba’zi yulduzlarning shaxsiy haydovchisi bo‘lgan bir paytda jilmaygan holda samokatda ketayotgan Elayjani ko‘chada tanimaslik mumkin. U o‘nlab oddiy odamlar kabi shahar bo‘ylab samokatda harakatlanishni afzal ko‘radi.

Metyu Makkonahi onasiga yaqinroq bo‘lish uchun Gollivudda yashamaydi

Foto: AdMe

Aktyor Texasda tug‘ilgan, uning uyi hali ham Gollivud tepaliklari orasida emas. “Bu yerda onam, oilam yashaydi”, — deydi aktyor. Uning bolalari har kuni buvisini ko‘rishadi — bu onasi, bolalari, Metyu va rafiqasi uchun ham muhim.

Sara Jessika Parker va uning bolalari ikkinchi qo‘l do‘kondan kiyinadi

Foto: AdMe

Sara Jessika Parker nafaqat o‘zi ikkinchi qo‘l kiyimlardan kiyinadi, balki bu foydali odatni farzandlariga ham o‘rgatgan.

“O‘g‘limning garderobidagi deyarli barcha futbolkalari ikkinchi qo‘l mahsulot, u aksiyali savdo do‘konlarida ko‘p narsa sotib oladi. Qizim ham shunday — oilamizdagi kiyimlarni ba’zan 3 avlod kiyadi”, — deydi aktrisa.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Badavlat bo‘lishiga qaramay, oddiy odamlar kabi yashaydigan Gollivud yulduzlari (foto)
ePN