10:35 / 26.06.2023
277

Prigojin sabab Polsha Belarus bilan chegarani mustahkamlashga qaror qildi

Prigojin sabab Polsha Belarus bilan chegarani mustahkamlashga qaror qildi
Foto: Delfi
“Vagner” va uning rahbari Yevgeniy Prigojinning Minskka “o‘tishi” haqidagi xabarlar fonida Polsha Belarus bilan chegarani mustahkamlashga qaror qildi. Bu haqda bosh vazir Mateush Moravetskiy aytib o‘tdi.
 
25 iyun kuni Moravetskiy va Milliy mudofaa vazirligi rahbari Mariush Blashak mamlakatning 18-razvedka polki hududiga, keyin esa Polsha—Belarus chegarasiga tashrif buyurgan.
 
Moravetskiyning so‘zlariga ko‘ra, Varshava Rossiyadagi harbiy isyon natijalarini “yaqindan kuzatib bormoqda”, Polsha harbiylari Belarus va Kaliningrad viloyati bilan chegaralarni qo‘shimcha ravishda mustahkamlagan.
 
Bosh vazirning tushuntirishicha, bu choralar Moskvadan ehtimoliy tahdidga javobdir, chunki “Lukashenko va Putin noodatiy harakatni amalga oshirishi mumkin”.
 
O‘z navbatida, Polsha axborot makonining xavfsizligi bo‘yicha komissari, maxsus xizmatlar koordinatori Stanislav Jarin Belarus bilan chegarada keskinlik kuchayganini istisno qilmayapti.
 
“Biz Belarusda Prigojindan kamida to‘g‘ridan-to‘g‘ri Polshaga zarba beradigan gibrid operatsiyani kuchaytirish uchun foydalanishlarini istisno etolmaymiz. Bu, albatta, nazorat qilinishi kerak bo‘lgan masala, Polsha xizmatlari shunday qiladi”, — dedi Jarin.
 
Bundan tashqari Britaniyaning Sky News telekanali xabar berishicha, general-leytenant Richard Dannatt Ukraina rahbariyatini Yevgeniy Prigojin boshchiligidagi “vagnerchilar”ning Kiyevga Belarusdan ehtimoliy hujumi haqida ogohlantirgan.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Prigojin sabab Polsha Belarus bilan chegarani mustahkamlashga qaror qildi
ePN