date
views 357

Bosh prokuratura: Prigojinning isyoni ortidan ochilgan ish yopilgani yo‘q

Bosh prokuratura: Prigojinning isyoni ortidan ochilgan ish yopilgani yo‘q
Yevgeniy Prigojinning qurolli isyoni ortidan unga qarshi ochilgan jinoiy ish tugatilgani yo‘q. Bu haqda Rossiya Bosh prokuraturasidagi manbasiga tayanib «RIA Novosti» xabar bermoqda.
 
Eslatib o‘tamiz, «Vagner» XHSH asoschisi Yevgeniy Prigojinning o‘tgan hafta shanba kunidagi qurolli isyonidan so‘ng mamlakat Bosh prokuraturasi jinoiy ish qo‘zg‘atgan edi. Unga ko‘ra, Prigojinga nisbatan qurolli qo‘zg‘olon uyushtirish fakti bo‘yicha Rossiya Federatsiyasi Jinoyat kodeksining 279-moddasi bo‘yicha jinoiy ish qo‘zg‘atildi. Rossiyada ushbu jinoyat uchun aybdor 12 yildan 20 yilgacha ozodlikdan mahrum qilinishi mumkin.
 
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Prigojinning qurolli isyonga urinishi bilan bog‘liq vaziyat hal etilganidan so‘ng, unga qo‘yilgan ayblovlar olib tashlangani aytilgan edi. Ayni paytda esa uning qayerda ekanligi noma’lum.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Bosh prokuratura: Prigojinning isyoni ortidan ochilgan ish yopilgani yo‘q