12:30 / 27.06.2023
563

Prigojinning biznes samolyoti Minskka qo‘ngani aytilmoqda

Prigojinning biznes samolyoti Minskka qo‘ngani aytilmoqda
Bugun ertalab «Vagner» xususiy armiyasi rahbari Yevgeniy Prigojinga tegishli samolyot Minsk yaqinidagi Belarus harbiy aerodromiga qo‘ndi.
 
Ma’lumotlarga ko‘ra, Prigojinga tegishli bo‘lgan biznes-jet samolyot (ro‘yxat raqami RA-02795) soat 07:40 da Minsk yaqinidagi harbiy aerodromga qo‘ngan.
 
Bundan tashqari, yana bir biznes-jet samolyot (ro‘yxatga olish raqami RA-02878) Rossiyadan ketgan. U Sankt-Peterburgdan havoga ko‘tarilib, soat 07:58 da Misnk viloyatidagi Machulishi aerodromiga qo‘ngan.
Eslatib o‘tamiz, 24 iyun kuni Yevgeniy Prigojin o‘z qo‘shinlari bilan Moskva tomon «yurish» qildi. Rostov-na-Donni egallab, Moskvaga yo‘l olarkan, Prigojin mudofaa vaziri Sergey Shoygu va Bosh shtab rahbari Valeriy Gerasimovni yollanma askarlarga topshirishni talab qilgan edi.
 
FSB Prigojinga qarshi harbiy qo‘zg‘olon uchun jinoiy ish qo‘zg‘atdi. Vladimir Putin sodir bo‘layotgan voqealarni xiyonat deb atadi.
 
Biroq 24 iyun kuni kechga borib Putin bilan bamaslahat ish ko‘rgan Belarus prezidenti Aleksandr Lukashenko Prigojin bilan kelishuvga erishganini e’lon qildi. Shundan so‘ng Moskvaga yurish qilayotgan Prigojin ortga qaytishini bildirgan edi.
 
Rossiya prezidentining matbuot kotibi Dmitriy Peskov Yevgeniy Prigojinga qarshi qurolli isyon bo‘yicha jinoiy ish to‘xtatilishini, «Vagner» o‘z dala lagerlariga borishi, Prigojinning o‘zi esa Belarusga ketishi haqida kelishuvga erishilganini aytgan edi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Prigojinning biznes samolyoti Minskka qo‘ngani aytilmoqda
ePN