date
views 465

Italiyada 88-raqamli liboslarni kiyish taqiqlandi

Italiyada 88-raqamli liboslarni kiyish taqiqlandi

Foto: Reuters

Italiyada 88-raqamli libos kiyish taqiqlandi. Mamlakatda futbol stadionlarida antisemitizmni yo‘q qilishga qaratilgan shartnoma imzolandi. Italiya ichki ishlar vaziri Matteo Pyantedosi ushbu tashabbus futbol rivojiga “katta hissa” qo‘shishini ta’kidladi.

Qaror muxlislar tomonidan millatchilikni eslatuvchi ramzlardan foydalanishni taqiqlashni nazarda tutadi. Bundan tashqari futbolchilar 88-raqamli liboslarni kiyishlari mumkin emas.

Tomoshabinlarga barcha ommaviy tadbirlarda kamsituvchi so‘zlardan foydalanish taqiqlandi. Shuningdek, kamsitish holatlari yuz bersa, o‘yinlarni muddatidan oldin tugatish bo‘yicha tavsiyalar berildi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Italiyada 88-raqamli liboslarni kiyish taqiqlandi