11:03 / 29.06.2023
193

Davlat departamenti Polshaga 15 mlrd dollarlik havo mudofaa tizimlarini sotishni ma’qulladi

Davlat departamenti Polshaga 15 mlrd dollarlik havo mudofaa tizimlarini sotishni ma’qulladi

Foto: Global Look Press

AQSH Davlat departamenti Polshaga 15 milliard dollar (13,7 milliard yevro) miqdorida havo va raketaga qarshi mudofaa jangovar boshqaruvining integratsiyalashgan tizimini sotishni ma’qulladi, deya xabar bermoqda Reuters 29 iyun, chorshanba kuni AQSH Mudofaa vazirligiga tayanib.

Polsha havo hujumiga qarshi mudofaa tizimini modernizatsiya qilish doirasida 48 ta Patriot qurilmasi, ular uchun 644 ta raketa, shuningdek, turli datchiklar, yordamchi uskunalar va ehtiyot qismlar sotib oladi. Kelishuv Davlat departamenti tomonidan ma’qullanganiga qaramay, Pentagon shartnoma imzolangani yoki muzokaralar yakunlangani haqida hali e’lon qilmadi, deb yozadi Reuters.

Agentlik ta’kidlashicha, Yevropa davlatlarining Amerika qurollariga bo‘lgan qiziqishi ular Ukrainadagi harbiy amaliyotlar uchun muhim bo‘lganidan keyin ortdi.

Aprel oyida mamlakat mudofaa vaziri, bir vaqtning o‘zida bosh vazir o‘rinbosari lavozimini egallab turgan Mariush Blashchak Polsha «Yevropadagi eng kuchli quruqlik armiyasi»ni yaratish niyatida ekanini aytgan edi. «Intensiv modernizatsiya ishlari olib borilmoqda. Iloji bo‘lsa, biz Polshada ishlab chiqarilgan zamonaviy texnikaga buyurtma beramiz», - deya ma’lum qilgan mamlakat Mudofaa vazirligi mart oyida mingta Borsuk piyoda askarlar jangovar mashinalarini ishlab chiqarishga buyurtma berganidan keyin.


arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Davlat departamenti Polshaga 15 mlrd dollarlik havo mudofaa tizimlarini sotishni ma’qulladi
ePN