19:53 / 29.06.2023
479

«Titan» halokatga uchragan joyda inson jasadlari qoldiqlari topildi

Foto: Paul Daly / Keystone Press Agency / Global Look Press

28 iyun, chorshanba kuni AQSh sohilni qo‘riqlash xizmatining ma’lum qilishicha, sayyohlarni «Titanik» halokatga uchragan joyga olib borgan «Titan» batiskafi cho‘kib ketgan Atlantika okeanida «ehtimoliy inson jasadlari qoldiqlari» topilgan. Qayd etilishicha, bu qoldiqlar batiskaf vayronalari ostidan ehtiyotkorlik bilan olib chiqilgan va endi rasmiy tahlilga yuboriladi.

Dengiz tergov qo‘mitasi (MBI) raisi Jyeyson Noybauer qidiruv operatsiyasi a’zolariga yordam va qo‘llab-quvvatlov uchun minnatdorchilik bildirdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, dalillar tergovchilarga ushbu fojia sabablarini tushunish va kelajakda shunga o‘xshash fojialar sodir bo‘lmasligiga ishonch hosil qilish imkonini beradi.

Avvalroq «Titanik»ka ekspeditsiya chog‘ida halokatga uchragan sayyohlik batiskafi vayronalari Kanadaning Sent-Jons shahri portiga tushirilgan edi.

«Titan» batiskafi 18 iyun kuni «Titanik» halokatga uchragan joyga yo‘l oldi. Bir kundan keyin uning radardan g‘oyib bo‘lgani ma’lum bo‘ldi. 22 iyun kuni AQSh sohilni qo‘riqlash xizmati qidiruv guruhi a’zolari suvosti kemasi bo‘laklarini topgani haqida xabar berdi. Taxminlarga ko‘ra, bortdagi barcha besh kishi portlash sababli halok bo‘lgan, ya’ni batiskaf atrofdagi suvning gidrostatik bosimidan tashqaridan ezib tashlangan.


arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » «Titan» halokatga uchragan joyda inson jasadlari qoldiqlari topildi
ePN