18:21 / 30.06.2023
782

Lavrov Prigojinning isyoni haqidagi savolga javob berdi

Lavrov Prigojinning isyoni haqidagi savolga javob berdi

Foto: “RIA Novosti”

Rossiya hukumati “Vagner” asoschisi Yevgeniy Prigojin tomonidan uyushtirilgan isyonga urinish haqida hech kimga tushuntirish berishga majbur emas. Bu haqda Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov matbuot anjumanida g‘arblik jurnalistning Rossiyadagi isyon fonida vaziyat barqarormi, degan savoliga javoban gapirdi, deb yozadi “RIA Novosti”.

Biz hech kimga hech narsani tushuntirishga, qandaydir ishonch berishga majbur emasmiz, biz shaffof ish qildik, prezident shu mavzuda gapirdi, mamlakatimizning barcha siyosiy kuchlari gapirdi. Agar G‘arbda kimdadir shubha bo‘lsa, bu sizning muammoyingiz. Rossiya har doim har qanday mushkul vaziyatdan chiqadi, bu esa mushkul vaziyatdan balandroq, buni nomlash qiyinroq, Rossiya bundan ham chiqdi”, — dedi Lavrov.

“Vagner” asoschisi Yevgeniy Prigojin 23 iyun kuni isyon ko‘tardi, shundan so‘ng guruhning yollanma askarlari Rostov-Donga qarshiliksiz kirib keldi. Yollanma askarlarning bir qismi federal magistral bo‘ylab Moskva tomon yo‘l oldi, marsh davomida Rossiya Mudofaa vazirligining bir nechta samolyotlari va vertolyotlarini yo‘q qildi. Prigojinning so‘zlariga ko‘ra, “Vagner” jangchilari Moskvadan 200 kilometr uzoqlikda to‘xtagan.

Aleksandr Lukashenkoning aralashuvi bilan Prigojin yollanma askarlarni dala lagerlariga qaytarishga rozi bo‘ldi. Isyonga urinishdan keyin Rossiya Federal xavfsizlik xizmati jinoiy ish qo‘zg‘atdi, ammo tez orada uni yopdi.


arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Lavrov Prigojinning isyoni haqidagi savolga javob berdi
ePN