21:27 / 30.06.2023
383

Moskvada mehnat migrantlari o‘rtasida ommaviy mushtlashuv sodir bo‘ldi

Moskvada mehnat migrantlari o‘rtasida ommaviy mushtlashuv sodir bo‘ldi

Foto: Ijtimoiy tarmoqlar
Moskvada bir necha davlatdan kelgan migrantlar o‘rtasida ommaviy mushtlashuv sodir bo‘ldi. Bu haqdagi ma’lumot 27 iyun kuni Baza Telegram kanalida e’lon qilindi.

Mushtlashuv «Legendarniy kvartal» turar-joy majmuasi qurilish maydonida bo‘lgan, unda 18 kishi ishtirok etgan. Janjalga pudratchi tashkilot xodimlari o‘rtasida kelib chiqqan ish jarayoni bilan bog‘liq nizo sabab bo‘lgani aytilmoqda.

Sud qarori bilan chet el fuqarolariga 5500 rublgacha jarima solingan. Tojikistonning 5 fuqarosi 7 sutkaga qamalgan, O‘zbekistonning bir, Tojikistonning yana uch va Qirg‘izistonning uch fuqarosini deportatsiya qilish haqida qaror chiqarilgan. Xabarda ularning ismi-sharifi keltirilmagan.

Bundan tashqari, Rossiya Jinoyat kodeksining 111-moddasi (Inson sog‘lig‘iga qasddan og‘ir shikast yetkazish) 1-qismi bilan jinoiy ish qo‘zg‘atilgan.


arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Moskvada mehnat migrantlari o‘rtasida ommaviy mushtlashuv sodir bo‘ldi
ePN