13:22 / 02.07.2023
132

Kanadaga kuchli tornado yopirildi (video)

Kanadaga kuchli tornado yopirildi (video)

Foto: The Weather Network

Kanadaning Didsberi shahriga kuchli tornado yopirildi. Bu haqda Fox News xabar berdi.

Hodisa oqibatida odamlar jarohatlangan, bir qancha uylar zarar ko‘rgan. Kanada atrof-muhit va iqlim o‘zgarishi vazirligi bo‘ron haqida favqulodda ogohlantirish e’lon qilgan.

“Bu hayot uchun potensial xavfli vaziyat. Tornado haqida ogohlantirishlar yaqinlashib kelayotgan yoki davom etayotgan momaqaldiroqlar tornadoga olib kelishi mumkin bo‘lgan hollarda beriladi”, — deydi meteorologlar.



Tornadolar Kanada uchun noodatiy emas

Kanada hukumatining jamoat xavfsizligi bo‘limi ma’lumotlariga ko‘ra, mamlakatda AQSHdan tashqari boshqa mamlakatlarga qaraganda ko‘proq tornado kuzatilmoqda. Ularning aksariyati yozda Ontario va janubiy cho‘llarda sodir bo‘ladi. 

“So‘nggi besh yil ichida bunday ob-havo faolligini kuzata boshladik”, — deydi mahalliy aholidan biri.


arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Kanadaga kuchli tornado yopirildi (video)
ePN