19:07 / 02.07.2023
468

Turkiya dronlari Liviyadagi “Vagner” bazasiga hujum qilgani aytilmoqda

Foto: “TASS”

Liviyadagi “Vagner” aviabazasiga Turkiya dronlari hujum qildi. Bu haqda mamlakat Mudofaa vazirligidagi manbaga tayanib, Arabi21 xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, Turkiyada ishlab chiqarilgan Bayraktar Akinji dronlari tomonidan berilgan zarbalar Liviya Milliy birlik hukumati (mamlakatning 2021-yildan buyon muvaqqat hukumati) kuchlari tomonidan amalga oshirilgan.

“Zarbalar oqibatida qurbonlar yo‘q”, — deya qo‘shimcha qildi manba.

“Vagner” obyektlari mamlakatning ikkinchi yirik shahri Beng‘ozidan 150 kilometr janubi-g‘arbda joylashgan. Rossiyaning Liviyadagi elchixonasi va Liviya Mudofaa vazirligi xabarga munosabat bermagan.

  • Ma’lumot o‘rnida, “Vagner” xususiy harbiy kampaniyasi 2018-yildan beri Liviyadagi harbiy harakatlarda qatnashmoqda.
  • Asosan, u feldmarshal Xalifa Xaftar (Liviya milliy armiyasi) tomonida harakat qilgan.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Turkiya dronlari Liviyadagi “Vagner” bazasiga hujum qilgani aytilmoqda
ePN