Rossiyalik shaxs masjidda Qur’on nusxalarini yoqib yubordi (video)

Kabardin-Balqor fuqarosi masjidda Qur’onning bir necha nusxasini yoqib yubordi.
Baza telegram kanali xabariga ko‘ra, 2 iyulga o‘tar kechasi «Chegem ikkinchi» qishlog‘idagi masjidga bir kishi kirgan. U Qur’onning bir nechta nusxasini yig‘ib, ularga benzin sepib, yoqib yuborgan.
Masjidda hali odamlar bor edi va ular yong‘inni tezda o‘chirishga muvaffaq bo‘lishgan.
Erkak hibsga olingan. U politsiyaga o‘zining harakatlarida diniy ma’no yo‘qligini, uning «boshida yangragan ovozlar» unga shunday qilishni uqtirganini aytgan.
Taxminlarga ko‘ra, erkak ruhiy jihatdan beqaror va mast holatda bo‘lgan, deb yozadi «TASS».































Izohlar 0
…