10:07 / 03.07.2023
71

Fransiyada tartibsizliklar tufayli 700 dan ortiq kishi qo‘lga olindi

Fransiyada tartibsizliklar tufayli 700 dan ortiq kishi qo‘lga olindi

Foto: AP

27 iyun kuni Fransiyada 17 yoshli Nael M.ning politsiyachi tomonidan o‘ldirilgani tufayli boshlangan va o‘shandan beri davom etayotgan tartibsizliklar paytida, 2 iyul kuni 719 ta yangi qo‘lga olishlar amalga oshirildi, ulardan 194 tasi Parijda. Bu haqda Fransiya Ichki ishlar vazirligi xabar berdi.

Taqqoslash uchun: 30 iyundan 1 iyulga o‘tar kechasi butun mamlakat bo‘ylab 1300 kishi qo‘lga olindi. 2 iyulga o‘tar kechasi Marsel, Nitssa va Strasburgda fuqarolar va politsiya o‘rtasida alohida to‘qnashuvlar qayd etilgan. Xususan, Marsel markazida politsiya va yoshlar o‘rtasida kechgacha to‘qnashuvlar sodir bo‘ldi. Ushbu janjal paytida politsiya ko‘zdan yosh oqizuvchi gaz ishlatgan. Parijda huquq-tartibot idoralari xodimlari Yelisey maydonlarini kuchaytirilgan holda qo‘riqlashdi.

1 iyul kuni poytaxt chekkasidagi Nanterda Nael bilan vidolashuv marosimi bo‘lib o‘tdi. Masjiddagi marosimga yuzlab odamlar yig‘ildi, deb yozadi Le Figaro gazetasi. Marhumning yaqinlari iltimosiga ko‘ra, OAV vakillari vidolashuv va dafn marosimiga kiritilmagan. Masjidda hech qanday hodisa qayd etilmagan.

Shu kuni, 1 iyulda Fransiya prezidenti Emmanuel Makron Germaniya prezidenti Frank-Valter Shtaynmayerga Germaniyaga rejalashtirilgan tashrifini 2 iyuldan 4 iyulga qoldirishi haqida ma’lum qildi. Germaniya davlati rahbari matbuot xizmati Shtaynmayer Makronning tashrifi bekor qilinganidan afsusda ekanligini, biroq Fransiyadagi mavjud vaziyat fonida bu qarorni tushunishini ta’kidladi.


arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Fransiyada tartibsizliklar tufayli 700 dan ortiq kishi qo‘lga olindi
ePN