19:15 / 03.07.2023
491

Zelenskiy Prigojin isyoni oqibatlari haqida gapirdi

Foto: Reuters

Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy Rossiya prezidenti Vladimir Putinning Yevgeniy Prigojin isyoniga munosabatini “zaif” deb baholadi. U CNN telekanaliga bergan intervyusida bu haqda gapirdi.

Zelenskiyning so‘zlariga ko‘ra, isyon Putin hamma narsani “nazorat qilmayotganini” ko‘rsatdi. Ukraina prezidenti “Vagner” askarlarining yuzlab kilometr masofani qarshiliksiz bosib o‘tgani Putin hududlardagi vaziyatni nazorat qilmayotganidan dalolat berishini ta’kidladi.

“U ilgari egalik qilgan vertikal hokimiyat shunchaki qulab tushmoqda”, — deya o‘z fikrini bildirdi Zelenskiy.

Zelenskiy isyon paytida ruslarga rus tilida murojaat qilib, “Kremldagi odam (Putin) juda qo‘rqib ketgani va ehtimol biror joyda yashirinayotganiga” ishonch bildirgandi. Ukraina prezidentining so‘zlariga ko‘ra, “bu odam Kremlda qancha uzoq tursa, falokatlar shunchalik ko‘p bo‘ladi”.

Prigojin isyoni

“Vagner” bilan bog‘liq voqealar Prigojin Rossiya Mudofaa vazirligini vagnerchilar lageriga zarba berishda ayblab, javob berishga va’da berganidan keyin boshlandi. 24-iyun kuni ertalab “Vagner” kuchlari Rostov-Dondagi Janubiy harbiy okrug shtab-kvartirasini to‘sib, Moskva tomon yo‘l oldi. Rossiya Mudofaa vazirligi ayblovlarni rad etib, buni provokatsiya deb atadi.

O‘sha kuni kechqurun, Lukashenko bilan muzokaralar natijasida Prigojin chekinishini e’lon qildi. Kreml Prigojinga qarshi qurolli isyon bo‘yicha jinoiy ish to‘xtatilishi, vagnerchilar jinoiy javobgarlikka tortilmasligi va Prigojinning o‘zi Belarusga ketishi mumkinligini bildirdi.


arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Zelenskiy Prigojin isyoni oqibatlari haqida gapirdi
ePN